Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan Shukrullobek Akmaljon oʻgʻli Jahongirov Qurilish vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sh.Jahongirov loyiha va qurilish kompaniyalarida faoliyat yuritgan. Shu kungacha vazir oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shuhratxoʻja Rahmatjonovich Hoshimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.