✔️Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli Nizomiga asosan Azimjon Qurbanbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
✅Qurbanbayev tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligi huzuridagi Arxitektura rejalashtirish byurosi bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Ellikqal’a tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
💬Ma’lumot uchun, Azimjon Qurbanbayev 1975-yili Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 1998-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tugatgan.