Mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfsizligini hamda bino, inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi.
Bino va inshootlarning mavjudlik davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali:
Toshkent shahrining qiyofasini zamonaviy, ilg‘or shaharsozlik va arxitektura talablariga hamda dunyoning rivojlangan davlatlari standartlariga mos bo‘lgan yangi innovatsion texnologiya va yechimlar, shuningdek, shaharsozlik yutuqlarini qo‘llash orqali ko‘p turdagi binolar qurilmoqda va rekonstruksiya qilinmoqda. Jumladan, “Navro‘z” kompleksini ham zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qilish maqsadida batafsil texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.
“Navro‘z” kompleksi 1980 yillarda o‘sha davrning texnik reglamentlari, shaharsozlik talablari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan.
Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra:
Qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblarga ko‘ra katta mablag‘larni talab qilmoqda va iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rindi.
Shu sababli:
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki oxirgi yillarda “Navro‘z” majmuasi texnik jihatdan talabga javob bermaganligi inobatga olinib, faoliyati to‘xtatilgan edi.