✅Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Manguzar MFY hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli arzon uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
?Ushbu uylar “Saodatbonu Aziza Termiz” xususiy korxonasi tomonidan barpo etilgan bo‘lib, zamonaviy loyihalar asosida bu yerda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 60 xonadondan iborat 3 xonali 9 qavatli uy-joylar qad rostladi. Ular tantanali ravishda yurt himoyachilariga topshirildi.
?️ Harbiy xizmatchilarga alohida e’tibori uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiramiz, – deydi yangi xonadon egalaridan biri, podpolkovnik Faxriddin Zoyirov. – Bunday imkoniyatlar har birimizdan belgilangan jangovar vazifalarni a’lo darajada bajarishimizni talab qiladi.
?Jumladan, so‘nggi yillarida Prezidentimiz tomonidan xalqimiz turmush farovonligini oshirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda.
?Harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy uy-joylar, ularning farzandlari uchun maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Termiz shahrida 60 nafar harbiy xizmatchiga topshirilgan zamonaviy yangi xonodonlar ularning oilasi bilan birga farovon turmush kechirishlari uchun berildi. Ushbu ko‘p qavatli yangi uylar zamonaviy jihozlangan bo‘lib, u yerda bolalar o‘yingohi, avtoturargoh kabi barcha shart-sharoitlar yaratilgan.