BOSHQARMA FAOLIYATINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Boshqarma oʻz faoliyatini Davarxitektqurilish tarkibiga kiruvchi tashkilot, boshqarma va boʻlimlar hamda yetakchi loyihalashtirish tashkilotlari bilan birgalikda olib boradi.
Boshqarma faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
— loyiha yechimlariga ilgʻor qurilish texnologiyalari, zamonaviy va yuqori samarali qurilish materiallarini tatbiq etish;
— loyihalashtirishda ilgʻor xorij tajribasiga tayangan holda ilmiy asoslangan texnologik reglamentlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
— loyihalashtirishda xalqaro standartlar darajasidagi yuqori texnologik uslublar va uskunalarni qoʻllashni koʻzda tutadigan zamonaviy meʼyorlar va standartlarni joriy qilish;
— namunaviy loyihalashtirishdan yanada keng foydalanish;
— yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari negizida fan va texnik muvofiqlashtirish boʻlimlari faoliyatini tashkil etish;
— ilmiy izlanishlarga asoslangan oʻrta muddatli Dastur loyihasini ishlab chiqish, qurilish sohasida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallarni qoʻllash;
— yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari sohasida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallarni joriy etishga koʻmaklashuvchi idoralararo ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental bazalarni tashkil etish;
— yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari ilmiy boʻlinmalari qoshida eksperimental bazalari tashkil etish va ularning faoliyat doirasini kengaytirish;
— yirik va ahamiyati katta boʻlgan investitsion loyihalar tayyorlashda texnik vazifalarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;
— shaharsozlik, loyihalashtirish, qurilish materiallari va ashyolari ishlab chiqarish sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar olib borish;
— loyihalashtirish va qurilish sohasidagi shaharsozlik normalari, qoida va standartlarini milliy va xorij tajribasini har tomonlama oʻrganish orqali hamda innovatsion texnologiyalarga tayangan holda yangilash;
— vazirlik va idoralar qoshida texnik boshqarish boʻyicha normativ hujjatlarni tizimli yangilash, qayta ishlash va tasdiqlash masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy-texnik kengashlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
— vazirlik va idoralar tomonidan loyihalashtirish va qurilishga oid texnik boshqarish sohasidagi normativ hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va muvofiqlashtirishga koʻmaklashish;
— istiqbolli texnik va texnologik yechim, yuqori texnologik energo va resurs tejaydigan materiallar va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;
— loyiha-qidiruv institutlari Standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi bilan hamkorlikda qurilishda texnik reglamentlar, shuningdek, yangi va amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari (KMK, ShNK, metodologik koʻrsatma va boshqa)ni ishlab chiqishda metodologik boshqaruvni amalga oshirish;
— yetakchi loyiha-qidiruv institutlariga arxitektura-shaharsozlik sohasiga oid hujjatlarni tayyorlashda jahon ilmiy-texnik tajribasiga tayangan holda investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalarini oʻrganish va yetkazish;
— qurilishda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirish va ilmiy-texnik takliflarga qaratilgan hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
— arxitektura va qurilish sohasida yagona ilmiy va texnik siyosatni olib borishda ishtirok etish;
— qurilish, arxitektura va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish;
— qurilishni loyihalashtirishda xorij tajribasi, ilm-fan hamda texnika yutuqlaridan foydalanish;
— qurilish, arxitektura va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi mahalliy tadbirkorlarga xorijiy firma va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish;
— qurilishni loyihalashtirishda xalqaro va milliy tajriba hamda ilm-fan va texnika yutuqlarini amaliyotda qoʻllash va tatbiq etish mavzulariga bagʻishlangan oʻquv-seminarlari tashkil etish.
BOSHQARMANING ASOSIY FUNKSIYALARI
Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga asosan quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
— loyihalashtirish yechimlariga ilgʻor qurilish uslublari, zamonaviy va energosamarador qurilish materiallari turini kiritadi;
— loyihalashtirishda ilgʻor xorij tajribasini qoʻllagan holda ilmiy asoslangan texnologik reglamentni ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;
—
loyihalashtirish jarayonlariga xalqaro standartlar darajasidagi yuqori texnologik uslub va uskunalarni qoʻllashni nazarda tutuvchi zamonaviy normalar va standartlarni tatbiq etadi;
— loyiha tashkilotlari tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanayotganda namunaviy loyihalashtirishdan keng foydalanishga ahamiyat qaratadi;
— yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari negizida ilm-fan va texnik muvofiqlashtirish boʻlimlari faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi va ular ishini muvofiqlashtirib boradi;
— qurilish sohasida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallar qoʻllanishi boʻyicha ilmiy izlanishlarga asoslangan oʻrta muddatli Dastur loyihasini ishlab chiqadi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib boradi;
— yetakchi loyiha-qidiruv institutlari negizida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha idoralararo ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental bazalarini tashkil etishga koʻmaklashadi va ular ishini muvofiqlashtirib boradi;
— yetakchi loyiha-qidiruv institutlarining ilmiy boʻlinmalari qoshida eksperimental bazalari tashkil etish va ularning faoliyat doirasini kengaytirishga koʻmaklashadi;
— yirik va katta ahamiyatga ega boʻlgan investitsion loyihalarni tayyorlashda texnik vazifalarni ishlab chiqish va tasdiqdan oʻtkazish tartibini takomillashtiradi;
— qurilish, shaharsozlik, loyihalashtirish va qurilish materiallari va ashyolari ishlab chiqarish sohasida ilmiy-texnik izlanishlar olib boradi;
— loyihalashtirish va qurilish sohasidagi shaharsozlik normalari, qoida va standartlarini milliy va xorij tajribasini har tomonlama oʻrganish orqali hamda innovatsion texnologiyalarga tayangan holda yangilab boradi;
— vazirlik va idoralar qoshida texnik boshqarish boʻyicha normativ hujjatlar tizimini yangilash, qayta ishlash va tasdiqlash masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy-texnik kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadi;
— vazirlik va idoralar tomonidan loyihalashtirish va qurilishga oid texnik boshqarish sohasidagi normativ hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va muvofiqlashtirishga koʻmaklashadi;
— loyiha-qidiruv institutlari Standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi bilan hamkorlikda qurilishda texnik reglamentlar, shuningdek, yangi va amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari (KMK, ShNK, metodologik koʻrsatma va boshqa)ni ishlab chiqishda metodologik boshqaruvni amalga oshiradi;
— arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashda investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalarini jahon ilmiy-texnik tajribasini oʻrganish orqali amaliyotga tatbiq etadi;
—
qurilishda ilmiy-texnik takliflar va ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
— qurilish sohasiga oid meʼyorlar, qoidalar, shuningdek qurilish sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-izlanishlar boʻyicha mavzularni ishlab chiqishda manzilli roʻyxat tuzadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
— amaldagi normativ hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlari, buyurtmachilardan kelib tushgan takliflar asosida umumiy xulosa tayyorlaydi;
— qurilish meʼyorlari va qoidalarini tasdiqlash va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha buyruq loyihalarini tayyorlaydi;
— Kollegiya materiallarini tayyorlaydi va yigʻilishlarida ishtirok etadi;
— Ilmiy-texnik kengashlar va texnik kengashlar materiallarini hamda yigʻilish qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
— Davarxitektqurilishga kelib tushadigan mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va boshqa texnik normalashtirishga oid hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
— loyihalashtirish sohasida texnik meʼyorlar, innovatsion loyiha yechimlari, texnologiyalar va qurilish materiallarini tatbiq qilish masalalariga bagʻishlangan seminar va treninglar tashkil etadi;
— loyihalashtirish boʻyicha vazifalar loyihasini koʻrib chiqadi va tasdiqlash uchun taqdim etadi;
— zarur hollarda, loyihalashtirish sohasida ish olib borayotgan mutaxassislarning texnik bilimini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
— Qurilishda standartlashtirish, texnik muvofiqlashtirish va sertifikatsiyalash xalqaro ilmiy-texnik komissiyasi (MNTKS) bilan ilmiy-texnik hamkorlik aloqalarini tashkil etadi;
— qurilish, arxitektura va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
— qurilish obʼektlarini loyihalashtirishda xorij tajribasi, ilm-fan hamda texnika yutuqlardan foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
— qurilish sohasida tajriba almashish va bugungi kunda erishilgan ilmiy-texnik izlanishlar bilan oʻrtoqlashish maqsadida seminar, simpozium, ilmiy-texnik kengashlar va konferentsiyalar tashkil etadi;
— qurilish sohasida xorij va milliy tajribadan foydalanish masalalarini oʻrganib chiqadi va bu boʻyicha takliflar kiritadi;
— xorij tajribasiga tayangan holda loyihalashtirish, qurilish, yangi qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish industriyasi sohasida, shuningdek sohada erishilgan yutuqlarimizni nafaqat respublikamiz boʻylab, balki chet mamlakatlarida ham yoyish maqsadida qator vazirlik, idora, muassasa va tashkilotlar bilan ish olib boradi.