• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

TEZKOR XABAR

Noyabr 30, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

ℹ️ O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yangi Andijon” massivi qurilishi, xususan, nogironligi boʻlgan odamlar uchun moʻljallangan pandus va piyodalar yoʻlaklarining belgilangan normalarga toʻgʻri kelmasligiga oid holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

‼️ Qurilish vazirligi videolavhalarda aks etgan holatni oʻrganib, mavjud masalalarni bartaraf etish choralarini koʻrmoqda. Xususan, “Yangi Andijon” direksiyasi rahbari A.Omonovga nisbatan xayfsan berildi.

🛡 Haqiqatdan ham massiv qurilishida pudratchi tomonidan loyihadan chetga chiqish holati aniqlangan. Bu boʻyicha hozirda Qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi va boshqa masʼullar bilan birgalikda nazoratni yanada kuchaytirishga kirishildi.

Qoʻshimcha tafsilotlarni rasmiy manbalar orqali yana maʼlum qilamiz.