• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Tomdagi noqonuniy “uy”

Fev 15, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Koʻp qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash tadbirlari poytaxtimizning Yangihayot tumanida davom etmoqda. Tumanning “Yangi turmush” MFYda joylashgan “Megapolis building” MCHJ tomonidan 2021-yil qurib bitkazilgan 10-son koʻp qavatli uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravishda qoʻshimcha “uy” qurilgan. Mazkur uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan.

🛡 Ayni daqiqalarda mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora koʻrilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berilmoqda.