⚡️Joriy yilning 2-mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida soha masʼullari va talabalar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “Barchasi oʻz qoʻlingda” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda talabalarning oʻy-xayollari, orzu-rejalari tinglandi.
✅Yurtimizda tobora taraqqiy etib borayotgan bunyodkorlik, qurilish ishlarining bugungi kundagi ahamiyati, yoshlarning bu yoʻnalishdagi intilishlari haqida fikrlar aytildi. Boʻlajak quruvchi va arxitektorlar mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Kelgusida bu kabi amaliy muloqotlarni muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.