• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi bilan tanishuv

Dekabr 26, 2020 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan dildan muloqot bo‘ldi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan poyezdda yurib, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Oxirgi bekatda ushbu Sergeli yo‘nalishini Qo‘yliq yo‘nalishi bilan bog‘lash, yerusti metrosining keyingi bosqichlarini qurish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Prezident tegishli topshiriqlar berdi.