• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“Toshkent shahri va viloyatlarda issiqlik taʼminoti korxonalarining faoliyati tahlili” mavzusida brifing

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Toshkent shahri va viloyatlarda issiqlik taʼminoti korxonalarining faoliyati tahlili” mavzusida brifing
Yanvar 24, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

? Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi masʼul xodimlari tomonidan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida ishchi guruhlar shakllantirildi. Xususan, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan issiqlik taʼminoti korxonalari, shuningdek Toshkent shahri boʻyicha tumanlar kesimida shirkat hamda BSK (Boshqaruv servis kompaniyalari) faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha avariya-brigadalari tuzildi.

Tashkil etilgan ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi tomonidan kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish va maʼsul ijrochilarga yoʻnaltirish boʻyicha 24 soatlik dispetcherlik shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Koʻp qavatli uylarning issiqlik, ichimlik, oqova suv, elektr va gaz taʼminoti tizimlarida yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida 320 nafar ishchi xodimdan iborat 9 ta tezkor avariya taʼmirlash-tiklash guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ishlarni samarali tashkil etish maqsadida 25 ta maxsus texnika jalb qilindi.

Bugungi kunda tizimdagi issiqlik taʼminoti korxonalari balansida boʻlgan 492 ta qozonxona orqali 13 854 ta koʻp qavatli uy hamda 2 095 ta ijtimoiy soha obyektiga issiqlik taʼminoti yetkazib berilmoqda.


 

? Joriy yilning 16-23-yanvar kunlari ishchi guruhlar tomonidan hamda vazirlikda tashkil etilgan dispetcherlik shtabiga kelib tushgan murojaatlar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Issiqlik taʼminoti sohasida 148 ta koʻp qavatli uy va 3 ta ijtimoiy soha obyekti, elektr taʼminoti sohasida 962 ta hamda gaz taʼminoti sohasida 4 ta koʻp qavatli uyda yuzaga kelgan uzilish va nosozliklar bartaraf etilib, taʼminot qayta tiklandi.
Hududlardagi 320 ta koʻp kvartirali uyning elektr energiyasi bilan taʼminlab bervuchi jihozlar (kabel, shit, avtomat) yangisiga almashtirilidi, shuningdek koʻp kvartirali uylarga bogʻliq 35 ta transformatorda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
237 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismida joylashgan muhandislik va oqova suv tarmoqlarida yuzaga kelgan avariya, 56 ta koʻp kvartirali uyning ichimlik suv quvurlarida yuzaga kelgan yorilish va muzlash holatlari bartaraf etildi. Shu bilan birga 22 ta nosoz lift uskunasi taʼmirlanib, ishga tushirildi.

? Isteʼmolchilarda haqli savol tugʻilmoqda. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmagan yoki meʼyoridan past haroratda yetkazib berilgan kunlardagi issiqlik taʼminoti uchun pul toʻlanadimi?

Taʼkidlash lozimki, isteʼmolchilar tomonidan mavsum davomida belgilangan meʼyorda yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorining tegishli bandlariga asosan oʻrnatilgan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.

⚠️ Kuni kecha Prezidentimizning topshiriqlariga asosan tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda 1991-yilgacha qurilgan 31 mingta koʻp qavatli uyning fasad qismini renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga oʻtkazish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan taʼminlashni nazarda tutuvchi dastur loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Albatta, bazalt qoplamasi 25-30% energotejamkor qurilish mahsuloti sanaladi. Koʻrinib turibdiki, aholini issiqlik energiyasi bilan sifatli taʼminlash borasidagi ishlar keng koʻlamda davom ettiriladi.