• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Mingchinor mahallasi yashovchi fuqarodan kelgan murojaatga munosabat

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Mingchinor mahallasi yashovchi fuqarodan kelgan murojaatga munosabat
Fev 1, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Mingchinor mahallasi Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida yashovchi fuqarodan kelgan murojaatga munosabat

Quyichirchiq tumani “Ming Chinor” MFY hududida joylashgan 2 qavatli savdo, mehmonxona, maishiy-xizmat va umumiy ovqatlanish shahobchalari binosining qurilish-montaj ishlari buyurtmachi fuqaro Z.Ashurmatova tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu qurilish obyekti uchun Toshkent viloyati Arxitektura va shaharsozlik Kengashi tomonidan 77/QCH-T/19- sonli bayonnoma olingan va tasdiqlangan. Obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza organi tomonidan ekspertizadan o’tkazilgan. Qurilish obyektining loyihalash ishlarini “Ferlandshaft kommunal loyiha“ MCHJ tayyorlagan. Obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorida koʻzda tutilgan talab boʻyicha Toshkent viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan shartnoma tuzilgan. Shaharsozlik norma qoidalari asosida hujjatlar toʻliq rasmiylashtirilgan.

Biroq tadbirkor tomonidan qurilayotgan ushbu bino joyiga chiqib oʻrganilganda, fuqaro Z.Ashurmatova tasdiqlangan loyihadan tashqari, bosh rejaga zid ravishda yoʻlni hisobga olmagan holda uch yarim metrga olti (3,5×6) hajmda 1 qavatli nonvoyxona binosi qurganligi aniqlangan. Ushbu noqonuniy qurilgan binoni buzdirish boʻyicha komissiya ishtrokida 2022-yil 24-yanvarda 1-sonli ogohlatirish xati yuborilgan va tadbirkorga 15 kun muddat ichida qurilmani buzish hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ogohlantirish berilgan.