➡️Madaniy merosimiz namunalari va tariximizni aks ettiradigan qadimiy mahallalar, jamoat joylari va ijtimoiy obyektlar ham inobatga olingan. Jahon tajribasi va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda shaharlarni kengaytirishga emas, balki hudud ijtimoiy holatini yaxshilash hamda zichlashtirishga yoʻnaltirilgan rivojlanishni ham inobatga olishga harakat qilyapmiz. Bosh rejalar tarkibini tashkil etuvchi bu va boshqa koʻplab jihatlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
❗️Bosh reja yaratildi, boʻldi endi oʻzgarmaydi degan gap yoʻq aslida. Chunki hayot davom etar ekan, bosh reja ham zamon talabiga koʻra moslashib boraverishi kerak. Har 5 yilda bir umumiy strategiyadan chiqmagan holda bosh rejalarga kichik oʻzgartirishlar kiritish mantiqli hisoblanadi.
✅Oldimizda turgan dolzarb vazifalarni bajarishimiz uchun institutda barcha sharoit yaratilgan. Lekin erishishimiz kerak boʻlgan yutuqlar hozirgi mavjud moddiy texnik bazadan ham koʻra koʻprogʻini talab etadi. Kelgusida yurtimizdagi barcha loyiha institut va tashkilotlari yurtboshimiz taʼkidlaganidek, kerakli texnika va zamonaviy jihozlar bilan toʻliq taʼminlanadi, degan umiddamiz.
Saidazim Sharipov
“ToshkentboshplanLITI” DUK arxitektori