• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Ulush kiritish asosida qurilish bozorini rivojlantirish bo‘limi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Ulush kiritish asosida qurilish bozorini rivojlantirish bo‘limi

Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;

— kapital qurilish sohasidagi normativ baza bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi;

— qurilish, qurilish industriyasi, jumladan, loyihalashtirish va konstruktorlik sohasida standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlashni amalga oshiradi;

— texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;

— shaharsozlik faoliyatida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasida ishlar bajarilishini taʼminlaydi;

— shaharsozlik tizimida, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda muvofiqlikni baholash sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi;

— oʻz vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qiladi;

— “Oʻzqurilishmateriallari” AJ faoliyatini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, mahalliy raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish, shuningdek, sifatli qurilish materiallarining yangi turlariga boʻlgan ichki talabni qondirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan muvofiqlashtiradi;