• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Uy bo‘yicha murojaat nazoratga olindi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uy bo‘yicha murojaat nazoratga olindi
May 15, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Vokzal hududida qurilgan yangi uylar bo‘yicha lavhalar tarqaldi.

Mazkur videomurojaat viloyat qurilish bosh boshqarmasi hamda viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, videoda aytilgan devor ko‘tarma emas, balki ajratma (peregarodka) devor bo‘lib, ushbu ikkita ajratma devor bir-biriga yaqin joyda joylashtirilgan. Qolaversa, Samarqand shahrida hozirgi kunda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning hech birida uy-joyning 1 kvadrat metr maydoni 2 million 400 ming so‘m emas. Bundan ko‘rinib turibdiki tarqatilgan video ko‘p yillar avval olingan, degan xulosaga kelish mumkin.

Samarqand shahrining Vokzal hududida ko‘p qavatli uy-joylar o‘rganildi va shu hududda qurilish bilan shug‘ullanuvchi quruvchilar bilan suhbatlashilganda ular mazkur uylar 2017 yilgi loyihalarga mos kelishini bildirishdi. Uylar ham taxminan shu narxlarda sotilgan. Shuningdek, xaridorlarga bu haqda ma’lumot berilgan va bu uylarning chizmasida ham aks etgan. Xonadon sohiblarini ham bundan xabari bor. Uy egalarining aksariyati xonadonlarini ta’mirlab, jihozlab yashab kelmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, hozirgi kunda bu kabi devorlardan yengil qurilma, ovoz yutuvchi qurilma (konstruksiya) sifatida keng foydalanilmoqda. Murojaatdagi holat yuzasidan uy-joyning loyihasi o‘rganilgach aniqlik kiritiladi.

Murojaatda holat aks etgan uyning manzili aniq ko‘rsatilmaganligi sababli mazkur uyni joyida o‘rganishning imkoni bo‘lmadi. Bu esa loyiha qanchalik to‘g‘ri bajarilganligini aniqlashda murakkablik tug‘dirmoqda. Shu bois, holat nazoratga olinib, o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

 

Viloyat qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmati.