• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Uy-joy siyosati bo‘yicha mintaqalararo onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Xalqaro hamkorlik > Uy-joy siyosati bo‘yicha mintaqalararo onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi
Mar 10, 2021 Posted by: tested Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Rossiya va MDH davlatlarida uy-joy bilan ta’minlanganlik siyosati” mavzusida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasining mintaqalararo onlayn seminari o‘tkazildi. Onlayn seminarda Rossiya, MDH davlatlarida aholini uy-joy bilan ta’minlash siyosati va dasturlari muhokama qilindi hamda bu uchrashuv Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi bilan birgalikda tashkil etildi. Jumladan, ushbu seminar MDH mamlakatlaridagi turar joy ob’ektlarining sifatli, arzon, uy-joylar qatoriga kirishini ta’minlashda tajriba almashish va eng yaxshi amaliyotlarni yurtimizda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ayniqsa, seminar shaharsozlik, uy-joy siyosati va yerdan foydalanish bo‘yicha 2021 yilda o‘tkaziladigan hamkorlik uchrashuvi uchun tayyorgarlik maydonchasi bo‘lib xizmat qildi. Boisi Vazirlarning hamkorlik uchrashuvi 2021 yilning 6-8 oktabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi.