• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Vazirlik va idoralarning kadrlar bo‘limi boshliqlari uchun maxsus o‘quv kursi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Vazirlik va idoralarning kadrlar bo‘limi boshliqlari uchun maxsus o‘quv kursi
Mar 14, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan Prezident Administratsiyasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlari uchun maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.

✅O‘quv kurslari kadrlarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirish hamda professional jihatdan yanada rivojlantirishga qaratildi. Seminar dasturidan inson kapitalini rivojlantirish, davlat tashkilotlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish va boshqarish kabi muhim mavzular o‘rin oldi.

▶️Bundan tashqari ular uchun psixologik treninglar ham tashkil etildi. 4 bosqichda tashkil etilgan maxsus o’quv kurslarida jami 932 nafar kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlarining malakasi oshirildi, shuningdek, Qurilish vazirligi tizimidagi kadrlar bo’yicha mas’ullar ham o’quv kursini namunali tugatib, maxsus sertifikatlarga ega bo’ldilar.