• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Vazirlikning boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida boʻldi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Vazirlikning boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida boʻldi
Yanvar 31, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band boʻlmagan aholini oʻqitishni tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining hududlardagi ijrosini taʼminlanishi, shuningdek, 2021-2022 oʻquv yillarida taʼlim jarayonining amalga oshirilishini oʻrganish hamda amaliy yordam berish maqsadida vazirlikning Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida boʻldi.

Uchrashuvda taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalar faoliyati oʻrganildi hamda texnikumning masʼul xodimlariga zarur maslahat va koʻrsatmalar berildi.

Shu kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rahbariyati, Buxoro qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʻi hamda taʼlim muassasasi faollari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda institut bilan hamkorlikda oʻquv qoʻllanmalarni tayyorlash, texnik nazoratchilarning malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasidagi ishlar muhokamalar markazida boʻldi.

Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilarining hududlardagi oʻrganish ishlari davom etmoqda.