⚡️Fuqarolarning dardini tinglash, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish bugungi kun talabi. Qurilish vazirligining eshigi ham yurtdoshlarimiz uchun hamisha ochiq.
Bugun vazirning birinchi oʻrinbosari Davron Adilov fuqarolar bilan muloqot qildi.
Fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan muammolar, meʼyoriy hujjatlar yuzasidan murojaat qilishdi va oʻz takliflarini ham bildirishdi. Murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ayrimlari joyida hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladiganlari hal qilish maqsadida nazoratga olindi.