Prezident 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy masalalarga alohida to‘xtalib, viloyat hokimlari Qo‘chqorov, Musayev, Shermatov bilan birga joriy yil 1 sentabrga qadar mehribonlik uylarining muhtoj bo‘lgan bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlashlari lozim bo‘ladi, deya ta’kidlab, uni viloyatlar kesimida ko‘rsatgan:
Kamalov – 33 ta, Abdurahmonov – 30 ta, Zaripov – 26 ta, Soliyev – 17 ta, Z.Mirzayev – 16 ta, Tursunov – 91 ta, Abdurazzoqov – 44 ta, Turdimov – 59 ta, Bobolov – 13 ta, G‘.Mirzayev – 39 ta, D.Hidoyatov – 100 ta, Bozorov – 26 ta, Ermanov – 50 ta, Ortiqxo‘jayev – 173 ta.
Shuningdek, viloyatlar hokimlari joriy yilning 1 sentabriga qadar budjet hisobidan 22ta bog‘cha va 31ta yangi maktab qurilishini ta’minlaydi.
Buning uchun Bosh vazir o‘rinbosari Ramatov, Qurilish vazirligi va viloyat hokimlari bilan birga joriy yil 10 martga qadar har bir loyihaning “manzilli ro‘yxati” ni tasdiqlab, qurilishni shaxsan nazoratga olishi kerak bo‘ladi.