Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
— oʻz vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
— Vazirlik vakillarining xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, arxitektura va qurilish sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro xorijiy tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash;
— xalqaro miqyosda anʼanaviy (milliy) arxitektura va qurilishni keng targʻib qilish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
— arxitektura va qurilish masalalari boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantiradi va koʻmaklashadi;
— shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi korxona va tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi, xorijiy hamkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;