• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

Mar 11, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Qurilish vazirligi bilan Koreya Respublikasining “Koreya fuqarolik qurilishi va qurilish texnologiyalari instituti” (KICT) hamkorligi doirasida “Qurilishda texnik me’yorlash markazi” bilan birgalikda shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish, xorijiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish hamda normativ bazani yangilash bo‘yicha qo‘shma loyiha ishlari amalga oshirilmoqda.

✅Shu munosabat bilan bugun Qurilish Vazirligida mazkur qo’shma loyihani yanada rivojlantirish maqsadida “Shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritiladigan o’zgartirish hamda qo’shimchalarto’g’risida seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminarda mahalliy va koreyalik mutaxassislar, Qurilish vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash markazi ekspertlari ishtirok etishdi.