• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Apr 20, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Qurilish vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash markazida “O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning soha mutaxassislari o’rtasida navbatdagi ishchi guruhlarning onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

?Ular “Beton va temirbeton konstruksiyalar”ga taaluqli me’yoriy hujjatlar bo’yicha Oʻzbekiston, Koreya va AQSHning qurilish me’yoriy hujjatlari hamda standartlarini tahlil qilib, hamkorlik loyihasini amalga oshirish yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

✔️Koreyalik mutaxassislar bir oy ichida milliy normativlar bo‘yicha o’zlarining xulosa va takliflarini berishni zimmalariga olishdi va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan ishchi guruhlar yig‘ilishlarini muntazam davom ettirishga kelishib oldilar.