• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

May 1, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Qurilish vazirligi masʼul rahbarlari AQSHda.

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Apparat rahbari V. Imomov, Xalqaro aloqalar va indekslar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sh. Kurbanniyozov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib turishibdi.

➡️Vakillarimiz BMT Bosh Assambleyasining Shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlarni baholash boʻyicha yuqori darajadagi yigʻilishida ishtirok etishmoqda.
Yigʻilishda shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturi muhokamalar markazida boʻldi. Unda shuningdek, shaharsozlik sohasida olib borilayotgan islohotlarni toʻgʻri baholash imkoniyatlarining istiqbollari va bu yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorlik masalalariga eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlash joiz, 2016-yil oktabr oyida BMTning ”Uy-joy va barqaror shahar rivojlanishi” boʻyicha konferensiyasida qabul qilingan “Shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturi” barcha aʼzo mamlakatlar kabi bizning yurtimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

✅Shu oʻrinda yana bir maʼlumot. Pandemiyadan olingan saboqlar shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari ushbu masalalar barqaror shaharlashtirish, iqlim inqirozini yengib oʻtish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash borasidagi tajribaga ham bogʻliq.

BMT Bosh Assambleyasidagi yigʻilishda shaharlarni rivojlantirish yangi dasturining bugungi kundagi muammolari va ularni hal etishga asosiy eʼtibor qaratilgani bois yigʻilishda qatnashayotgan mamlakatlarga yaqin yillarda shaharlarni rivojlantirish sohasida asosiy yoʻnalishlar va dasturiy tashabbuslarni aniqlashtirish vazifalari ilgari surilmoqda. Yigʻilish kun tartibidan hammabop turar joylar qurish, shaharlarning barqarorligi, iqlim oʻzgarishiga qarshi yoki iqtisodiy rivojlanish maqsadida shaharsozlikni rejalashtirishni rivojlantirish kab masalalar ham kiritilgan boʻlib, bu boʻyicha muhim qarorlar qabul qilish maqsad qilingan.

Yuqori saviyadagi yigʻilish umumiy saʼy-harakatlarni mustahkamlash hamda manfaatdor tomonlarning majburiyatlarini birlashtirishga yoʻnaltirildi.

❗️Aʼzo davlat delegatsiyalari va ishtirokchi mahalliy hamda nodavlat ishtirokchilar tomonidan bildirilgan ”Shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturi”ni amalga oshirish boʻyicha joriy harakatlar va yangi majburiyatlar 2022-yil 26-30-iyun kunlari Polshaning Katovitse shahrida boʻlib oʻtadigan Butunjahon shahar forumining oʻn birinchi sessiyasida muhokama qilinadi.