• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

May 19, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida qurilish sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Bugun Qurilish vazirligida ham Boshqirdiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Raif Adrahimov Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov bilan birga manfaatli aloqalarning istiqbollarini muhokama qildi. R.Adrahimov yurtimizdagi uy-joy qurilishi bilan bog’liq rejalarga qiziqdi.

✅Tomonlar ikki davlatning ipoteka kreditlash dasturlari va masalalarini, amaldagi bank stavkalari hamda prognozlarini muhokama qildilar.

➡️Bundan tashqari D.Odilov O‘zbekiston Respublikasi hududida “TexnoNIKOL” (Boshqirdiston) zavodini ishga tushirish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Har ikki respublikada ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining pozitsiyalari ham muhokamalar markazida bo’ldi.