⚡️Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida bir guruh koreyalik yirik firma va kompaniya rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari kutib olindi. Mehmonlar bilan Qurilish vazirining oʻrinbosari Oʻktam Toʻrayev muloqot qildi.
✅Tomonlar qurilish industriyasini rivojlantirish, kadrlar almashinuvi, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda oʻzaro manfaatli hamkorlik qilishga oid koʻplab masalalar xususida oʻzaro fikr almashdilar.
▶️Oxirgi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi samarali aloqalar tobora rivoj topib borayotgani, bunda esa ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosbatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yakunda istiqbolli hamkorlikka kelishib olindi.