⚡️Joriy yilning 1-avgust kuni Qurilishda texnik me’yorlash markazida Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) eksperti Koichi Tanaka bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
❗️Uchrashuvdan asosiy maqsad energiya samaradorligi va uni tejash borasida yurtimizda olib borilayotgan ishlar va masalaning bugungi holati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, kelajakda ushbu yo’nalishda O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi hamkorlik yo’nalishlarini aniqlashdan iborat.
✅Albatta, ushbu masalalar bo’yicha yapon mutaxassisiga yetarli ma’lumotlar berildi va uchrashuv samarali o’tdi. Yakunda bunday muhokama uchrashuvlarini ikki tomon ekspertlari o’rtasida tez-tez o’tkazib turishga kelishib olindi.