• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Okt 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🏘Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida Tatariston Respublikasi transport va yoʻl xoʻjaligi vaziri, loyiha institutlari va tashkilotlari hamda pudratchi tashkilotlar va korxonalar rahbarlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

❕Mehmonlarni Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davronjon Adilov hamda vazir oʻrinbosari Shukrullo Jahongirov kutib oldi.

🔔Muloqotda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan ijtimoiy iqtisodiy, xususan, qurilish sohasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollari muhokamalar markazida boʻldi.

💬Mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar rivojida ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari va unda erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

🟦Delegatsiya aʼzolari eʼtiboriga qurilish sohasiga tatbiq etilayotgan yangi texnologiyalar, jumladan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va uning ahamiyati haqida taqdimot havola etildi. Shuningdek, qurilish pudrat tashkilotlari reytingini yuritish, bunda axborot texnologiyalarining oʻrni va vazifasi kabi mavzularda fikrlar bildirildi.

✅Oʻz oʻrnida mehmonlar ham bugungi kunda qurilish industriyasini rivojlantirish borasida qoʻllayotgan tajribalari haqida soʻzlab berdilar.

❕Oʻzaro savol-javob tarzida oʻtgan samimiy uchrashuvda qurilish sohasida aloqalarni yanada rivojlantirishning muhim yoʻnalishlari belgilab olindi.