XALQARO HAMKORLIK

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > XALQARO HAMKORLIK
Avg 24, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va vazirlik qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash markazining 11 nafar mutaxassisi Koreyaning Qurilish va texnologiyalar institutida malaka oshirmoqdalar.

✔️Ushbu ikki haftalik malaka oshirish kursining o’tgan birinchi haftasi mobaynida Koreyaning dunyoda tanilgan tashkilotlari (Korea Authority of Land & Infrastructure Safety, Korea Institute of Civil Engineering an Building Technology, Incheon Smart City Operation Center, Korea District Heating Corporation, University of Seoul va Korea Conformation Laboratories) va bir qator qurilish obyektlari (Busan Eco Delta Global Smart City, Busan X the Sky, Lotte Tower, “Zero carbon house” va Gyeongbokgung Palace) bilan tanishildi.

❗️Ushbu to’plangan tajribalar asosida milliy normativlar takomillashtiriladi va xorijiy normativlarga uyg’unlashtiriladi.

▶️Ma’lumot o’rnida ushbu xizmat safari Qurilish vazirligi va Koreyaning Yer, Infrastruktura va Transport vazirligi o’rtasida imzolangan O’zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalarini modernizatsiya qilish loyihasi bo’yicha 4 yillik memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.

🟢Xizmat safari davom etmoqda.