• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Okt 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🏘Bugun Qurilish vazirligiga “The Investor” jurnali tahririyati direktori Leandro Slovinskiy tashrif buyurdi.

✅Uchrashuvda Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davronjon Adilov va Qurilish vazirining oʻrinbosari Shukrullo Jahongirov ishtirok etdi.

🗣Suhbat davomida mehmon ushbu nufuzli xalqaro nashrda mamlakatimizda soʻnggi yillarda ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi islohotlar haqida turkum maqolalar chop etish istagida ekanligini va bu borada hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Xususan, qurilish sohasiga investorlarni jalb qilish, yaratilgan sarmoyaviy muhit haqida oʻzini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan javob oldi.

✅Muloqot davomida kelgusida bu borada hamkorlik qilish va buning uchun barcha sharoitlarni yaratishga kelishib olindi.

📌Maʼlumot uchun, “The Investor” – jurnali jahon davlatlari doirasidagi ilgʻor iqtisodiyot tarmoqlari haqida maʼlumotlar yoritish orqali investorlarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishga harakat qiladi. IT, telekommunikatsiya, turizm, energetika, sanoat singari iqtisodiyot sohalari boʻyicha har bir mamlakat uchun alohida oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan, ekspertlar fikriga tayangan holda tahliliy materiallarni qoʻllanma sifatida chop etadi.

🟡Qoʻllanma oʻrtacha 84.000 tirajda nashr etiladi. Jurnal muqovasidagi yoʻnalishlar, siyosat, diplomatiya, moliya, asosiy bozorlar, transport va infrastruktura, energiya sanoati, turizm sohalari, mamlakatning jozibador hududlari, mahalliy aholining turmush tarzi haqidagi tahliliy maʼlumotlarni qamrab olgan. Investorlarning talabiga binoan biror davlat toʻgʻrisida jurnalning maxsus nashri, soni chop etiladi.