XALQARO HAMKORLIK

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > XALQARO HAMKORLIK
Okt 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🟢Kuni kecha Osiyo Taraqqiyot bankining ekspertlari Qurilish vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Davronjon Adilov bilan uchrashishdi.

⏰Ular yurtimizdagi uy-joy qurilishi bozorini yanada takomillashtirish borasidagi o‘z grandlarini taqdim etish istagini bildirishdi.

✅Uchrashuvdan asosiy maqsad qurilish sohasida yurtimizda olib borilayotgan ishlar va undagi masalalarning bugungi holati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, kelajakda ushbu yo’nalishda hamkorlik yo’nalishlarini aniqlashdan iborat.
⚠️Shuningdek, ekspertlar uchrashuvda ishtirok etayotgan qurilish kompaniyalari vakillari bilan ham fikr almashdilar.

❗️Albatta, mutaxassislarning barcha savollariga yetarli ma’lumotlar berildi va uchrashuv samarali o’tdi. Yakunda bunday muhokama uchrashuvlarni ikki tomon ekspertlari o’rtasida tez-tez o’tkazib turishga kelishib olindi.