• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Okt 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

‼️Shu kunlarda OʼzR FA vitse-prezidenti S.Mirzayev boshchiligidagi olimlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya seysmologiya va seysmik xavfsizlik sohasidagi, xususan, davlat boshqaruvi va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini taʼminlash yoʼnalishidagi tajribani oʼrganish, aholi va hududlarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash borasida ishlarni amalga oshirishda ilgʼor ilmiy va amaliy tajribani oʼrganish maqsadida Yaponiyada bo’lib turibdilar. Unda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Sodiqov ham ishtirok etmoqda.

💬Delegatsiya safar davomida Nagoya, Lokogama, Tokio va Sukuba universitetlari va Qurilish tadqiqotlari instituti, Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi markazga tashrif buyurdilar.

📈Tashrif davomida olimlarimiz seysmologiya va inshootlar seysmik xafvsizligi borasida yaponiyalik yetakchi olim va mutaxassislar bilan fikr almashinishmoqda hamda kelajakda birgalikda amalga oshirilishi moʼljallangan loyihalarni muhokama qilishmoqda.