• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Noyabr 2, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

➖Oʻzbekiston va Finlyandiya

🤝 Munosabatlarimiz nafaqat iqtisodiy ijtimoiy balki, madaniy gumanitar sohalarda ham yangi mazmun mohiyat bilan boyib bormoqda. Finlyandiyaning mamlakatimizdagi elchisi va ushbu mamlakat qurilish industriyasidagi nufuzli kompaniyalar vakillari ishtirokidagi uchrashuvda ham bu fikrlar yana bir bor yangradi.

🏘Qurilish vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda dastlab yurtimizda bunyodkorlik sohasida olib borilayotgan istiqbolli rejalar, amaliy ishlar haqida maʼlumot berildi. Oʻz navbatida mehmonlar ham qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

🔎Xususan, oʻtgan yillar davomida mamlakatlarning doʻstona hamkorlikni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani alohida taʼkidlandi.

🔆“Oʻzbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes forumi” doirasida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda aloqalarning manzil va muddatlari belgilandi. Ushbu nufuzli kompaniyalar Rossiya, Boltiqboʻyi davlatlari, Shvetsiya va Yevropa mamlakatlarida qurilish sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

🎙Muzokaralarda qurilishda energosamarador texnlogiyalarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi eng ilgʻor texnologiyalar taqdimot qilindi. Shuningdek, bino va inshootlarga lift qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha Finlyandiyada yetkachi boʻlgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

✅Eslatib oʻtamiz, ushbu forumda yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Finish Water, Reka Cables, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, mazkur nufuzli tadbirda Finlyandiyaning XAMK amaliy fanlar universiteti vakillarining ham ishtirok etishi belgilangan.

💳Maqsad, fin kompaniyalari bilan mahalliy biznes vakillarining V2V, B2G uchrashuvlarini tashkil etish, oʻzaro hamkorlik shartnomalarini imzolash va kelajakda istiqbolli loyihalar boʻyicha aloqalarni oʻrnatishdan iboratdir.