• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Dekabr 16, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🫥 Oʻzbekistonda turkiyalik hamkorlar bilan yana bir yirik qurilish loyihasi amalga oshiriladi

🏚 Bugun Qurilish vazirligida Turkiya uy-joy qurilish boshqarmasi (TOKI) boshlig‘i Oʻmer Bulut boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonlarni Qurilish vaziri B.Zokirov hamda vazirning birinchi oʻrinbosrai D.Adilov kutib oldi. Oʻzaro samimiy ruhda kechgan muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarda, xususan, qurilish sohasida ham kun sayin taraqqiy etib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunda har ikki mamlakat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar huquqiy asos boʻlib xizmat qilayotgani qayd etildi.

🏛 “Aholini uy-joy bilan taʼminlash, xalqni rozi qilish davlatimiz tomonidan yuritilayotgan siyosatning ustuvor yoʻnalishidir”, – deyildi muloqotda. Oʻz oʻrnida delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda oxirgi yillarda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli tashabbuslarni yuqori baholab, bu borada hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Zamonaviy arxitektura yechimlari asosida qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar uchun hozirda muloqotlar davom etmoqda.

➡️ Suhbat davomida qayd etildiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida avvalo, sifat va energotejamkorlik birlamchi masala boʻlishi lozim. Qurilishda iqlim sharoiti ham inobatga olinishi kerak. Loyihalashda urbanizatsiya jaryonlariga eʼtibor qaratiladi. Uchrashuvda ana shu masalalar ishtirokchilarning eʼtibor markazida boʻldi. Manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.