🟢 O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSH Energetika vazirligi huzuridagi Livermen milliy laboratoriyasi (LLNL) vakillari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida ham bo‘lishdi.
Chet ellik vakillarning mazkur tashrifidan maqsad seysmik xavf bo‘yicha qurilish meʼyorlari va qoidalari bilan tanishish, xavfni baholashning mahalliy va xalqaro metodologiyalarini ko‘rib chiqish, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda seysmik faollikni uzoq muddatli prognozlash modellarini yaratishni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
➡️ Tadbirda Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov, soha vakillari hamda “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislari ishtirok etishdi.