⚠️ Joriy yilning 21-22-fevral kunlari Finlyandiya Taraqqiyot va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari boshchiligidagi yirik biznes delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Ushbu delegatsiya tarkibiga Finlandiya davlat idoralari vakillari bilan birga Nokia, WARTSILA, METSO OUTOTEC, EPSE kabi 20dan ortiq yirik texnologik kompaniyalar rahbarlari kiritilgan.
Shuningdek, ushbu tashrif doirasida Oʻzbekiston-Finlandiya savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 5-uchrashuvi tashkil qilindi.
Uchrashuvda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Xalqaro aloqalar va indekslar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sh.Rajabov qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar toʻgʻrisidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.
➡️ Finlandiya biznes vakillari tomonidan ushbu maʼruza katta qiziqish bilan qabul qilindi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.