✔️ Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov Koreya Respublikasining KICT (Koreya qurilish va texnologiyalar instituti) instituti prezidenti Byungsuk Kim boshligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.
Maʼlumki, “Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish hamkorlik loyihasi” doirasida Koreya Respublikasining KICT instituti tomonidan jami 104 ta shaharsozlik norma va qoidalarini, jumladan, 2022-yilda 38 ta, 2023-yilda 40 ta va 2024-yilda 26 tasini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
➡️ Uchrashuvda mazkur yoʻnalishdagi ishlarning borishi haqida fikr almashildi. Xususan, qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikning yangi bosqichi, memorandum asosida ishlarni jadallashtirish va “Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish hamkorlik loyihasi” doirasida boshqa masalalar ham muhokama qilindi.