10-sentabr kuni Qurilish vazirligida “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi doirasida BMT taraqqiyot dasturi va PricewaterhousCoopers (PwC) kompaniyasi vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Qurilish vazirining oʻrinbosari Nasrullo Boboyev hamda boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbirda vazirlik faoliyatining funksional tahlili va vazirlik markaziy apparati hamda uning hududiy organlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari biznes jarayonlari reinjiniringini (BJR) amalga oshirish haqida fikr almashildi.