• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Mar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🫥 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Yevropa Ittifoqining “Promhouse”- Qozogʻiston va Oʻzbekistonda uy-joy boshqaruvini professionallashtirish loyihasi koordinatori Larisa Shrekkenbax bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Uy joy fondini professional boshqaruvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uyushmasi ijrochi direktori Rahima Ortiqova hamda vazirlikning Ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A’zamiddin Qoʻldoshev ham ishtirok etdilar.

Hamkorlik uchrashuvida ikki tomonlama doʻstona munosabatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. 2020-yilda boshlangan “Promhouse” loyihasi doirasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar muhokama qilindi. Xususan, mintaqaviy va xorijiy mamlakatlararo uchrashuv va Study tourlar uy-joy fondini rivojlantirish sohasida katta imkoniyat yaratgani ta’kidlandi. Sohada tor mutaxassislikni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim standartlarini ishlab chiqish boʻyicha qoʻlga kiritilgan yutuqlar olmon mutaxassisi tomonidan alohida e’tirof etildi.

🫥 Vazir oʻrinbosari mamlakatimizda koʻp qavatli uylarni energosamaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib, bunda Germaniya tajribasi muhim rol oʻynayotganini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda ham Sharqiy Yevropa uy-joy fondi (IVO) bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Mutasaddilar energoaudit sohasida ham ta’lim standartlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida hamkorlik loyihalarini davom ettirishga kelishib olindi.