• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Mar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva “Promhouse” loyihasining koordinatori Larisa Shrekkenbaxni poytaxtimizning Uchtepa va Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uylarda pilot loyiha sifatida amalga oshirilgan sanatsiya ishlari bilan tanishtirdi.

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan qisqa muddat ichida amalga oshirilgan ishlar germaniyalik mutaxassisning e’tiborini tortdi. Koʻp qavatli uylarda energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha qoʻllanilayotgan texnologiyalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Germaniyada boʻlgan xizmat safarimiz davomida koʻp qavatli uylarda energosamaradorlikni oshirish boʻyicha koʻp ma’lumotlarni olganmiz. Bugun ushbu tajribani poytaxtimizda qoʻllayapmiz. Avvalo, davlatimiz rahbari, shuningdek, vazirimiz qoʻllab-quvvatlovi bilan ikkita muammoli hududimizda pilot loyihani amalga oshirdik. Loyiha oʻzini oqlasa, boshqa koʻp qavatli uylarda ham sanatsiya ishlari tegishli tartibda amalga oshiriladi,– dedi vazir oʻrinbosari.

⬜️ Larisa Shrekkenbax koʻp qavatli uylarning yertoʻla qismida amalga oshirilgan ta’mirlash, xususan, koʻp qavatli uylarni sanatsiya dasturi asosida bazalt qoplamalari bilan qoplash ishlari bilan tanishdi.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar asosida poytaxtimizdagi 2 000 ga yaqin uylarning kommunikatsiya tarmoqlari, yertoʻla va kirish yoʻlaklarida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Davlatingiz rahbari aholi manfaatini har narsadan ustun qoʻyishini eshitgan edim. Bugun aholiga qilinayotgan bunday gʻamxoʻrliklarni koʻrib, qadriyatlaringizga xos insonparvarlikka yana bir bor guvoh boʻldim. Chet el fuqarosi sifatida sizning mamlakatingizda yashashni juda xohlardim,- dedi Larisa Shrekkenbax.

Sharqiy Yevropa uy-joy fondi (IVO) mas’uli Chilonzor tumanida faoliyat yurituvchi “Bogʻiston” BSK faoliyati bilan ham tanishdi. Kompaniya tomonidan aholiga yaratilayotgan qulayliklar koʻzdan kechirildi. Xalqaro mutaxassis soʻnggi yillarda mamlakatimiz moqyosida sohaga doir oʻzgarishlarni alohida e’tirof etdi.