• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Apr 25, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davron Adilov boshchiligidagi bir qator mutasaddilar “MEDEF international” fransuz ishbilarmonlar harakati delegatsiyasini qabul qildilar.

Uchrashuvda Fransiyaning nufuzli korxonalari bilan davlat xususiy sherikchilik asosida arxitektura va qurilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shaharsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari  muhokama qilindi.  Shuningdek, sohada energosamardorlikni oshirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini tabiiy resurslar bilan ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tomonlarning investitsiyaviy takliflari va istiqbolli loyihalari ko‘rib chiqildi.  Konstruktiv muloqotlar so‘ngida  o‘zaro hamkorlikdagi loyihalar sohani rivojlantirishdagi muhim qaror bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

💸 Ma’lumot o’rnida, Fransiya biznesini dunyo miqyosiga olib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan “MEDEF international” tadbirkorlik harakati 1989-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda  800 000 dan ortiq turli hajm va sohadagi biznes subyektlarini o‘zida jamlagan. Harakat Fransiya tadbirkorlik faoliyatini xalqaro darajada tanitish, mamlakatlararo savdo va hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.