• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

May 26, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

☁️ Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov boshchiligidagi masʼullar Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti korporatsiyasi (KDHC) vakillari bilan uchrashdilar.

Tomonlar issiqlik taʼminoti sohasida oʻzaro tajriba va bilim almashishning istiqbollarini muhokama qildilar.

🟥 Xususan, KDHCning koʻp yillik tajribasi asosida 2023-yilda energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan bogʻliq 6 ta shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, energiya samaradorlikka oid standartlarni joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga kelishib olindi.

Uchrashuvda issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish va mutaxassislarni tayyorlashda oʻzaro hamkorlik qilish manfaatli boʻlishi alohida taʼkidlab oʻtildi.