⚡️Bugun Qurilish vaziri oʻrinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov Latviyaning Oʻzbekistondagi elchisi Reynis Troksha va “CLEANTECH LATVIA” klasteri vakillari bilan uchrashdi.
“CLEANTECH LATVIA” klasteri vakillari tomonidan hududlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, soha mutaxassislari uchun trening, mahorat darslari tashkil etish hamda shu orqali oʻzaro tajriba almashish taklifi ilgari surildi.
Shuningdek, uchrashuvda sohaga yangi innovatsion gʻoya, texnologiyalar joriy etish bugungi kun zarurati ekanligi alohida taʼkidlanib, yurtimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muhim jihatlari muhokama qilindi.