Xalqaro hamkorlik

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Xalqaro hamkorlik
Okt 5, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Bugun Qurilish vaziri Botir Zakirov hamda Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olg’an Bekar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda ikki davlat o’rtasidagi aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgani, xususan, qurilish sohasi vakillari ishtirokida ham ko’plab uchrashuvlar tashkil etilayotgani va bu o’zining ijobiy natijalarini berayotgani ta’kidlandi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga turkiyalik rektorlar tayinlangani ham hamkorlik yangi bosqichga chiqqanidan dalolat ekani e’tirof etildi.