• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

Okt 6, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi oʻrtasida videomuloqot tashkil etildi.

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davron Adilov hamda boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etgan uchrashuvda Oʻzbekistonda qurilish meʼyorlari va qoidalarini modernizatsiya qilish loyihasi muhokama qilindi. Loyihaning 4 yilga moʻljallangan birinchi bosqichi Koreya Respublikasi infratuzilma fondining grant mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Poytaxtimizda koreyalik mutaxassislar hamda Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik meʼyorlash markazi xodimlari hamkorligida meʼyoriy-huquqiy bazani yangilash ustida ish olib boriladi.

Shuningdek, loyihada shaharsozlik faoliyatida mahalliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, tomonlar infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolik qurilishi sohasida strategik sheriklikni kengaytirish uchun qoʻshma hamkorlik markazini tuzishga kelishib oldilar.