Qurilish vazirligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari Avstriyaning SPDM tashkiloti rahbari Volfgang Mayerxofer hamda uning oʻrinbosari Anna Mayerxoferlar Jizzax viloyatidagi turistik zona obyektlari bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga oʻtkazilgan oʻrganish natijalari hamda istiqbolda turistik zonani loyihalashtirish boʻyicha birlamchi konseptlarni tayyorlash yuzasidan 26-noyabr kuni Qurilish vazirining oʻrinbosari N.Babayev bilan uchrashuv oʻtkazildi. Maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6201-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, togʻli hududlarning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, xalqaro umummavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishdan iborat.