• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xotira va qadrlash

May 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

“Xotira va qadrlash kuni” arafasida urush va mehnat fahriylari holidan xabar olindi.

9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi masʼullari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldilar.

Xususan, Yunusobod tumani, “Shoshtepa” MFYda yashovchi keksa nuroniylar xonadonlarda bo‘lib, oila vakillarining ko‘ngliga ko‘tarinkilik baxsh etildi. Samimiy suhbatda bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadri, yoshlar tarbiyasi haqida iliq fikrlar aytildi.

Yurtimiz va xalqimiz farovonligini tilab duoga qo‘l ochildi.