Joriy yilning 9 oyi yakunlarida yalpi ichki mahsulot tarkibida qurilish tarmog’ining ulushi 7,4 % ni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 % punktga oshgan.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln. so’mni tashkil etdi.
Joriy yilning 9 oyi yakunlarida yalpi ichki mahsulot tarkibida tarmoqlarning ulushi:
– o’tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan:
qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligining ulushi – 27,3 % dan 27,9 % ga (0,6 % punktga)
qurilish tarmog’ining ulushi – 6,9 % dan 7,4 % ga (0,5 % punktga)
– o’tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan:
sanoatning ulushi – 29,3 % dan 28,5 % ga (0,8 % punktga)
xizmatlar sohasining ulushi – 36,5 % dan 36,2 % ga (0,3 % punktga)