• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

YANGI CHORALAR BЕLGILANDI

Mar 16, 2021 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

Toshkent shahrida koronavirusdan kasallanishlar soni so‘nggi 5 kunda sezilarli o‘sgani aniqlandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida bir qator nazorat choralari ko‘rilishi belgilandi.

Xususan, poytaxtimizdagi barcha qurilish obyektlarida, o‘sha yerning o‘zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat’iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiladi.

Shuningdek, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo‘lovchilar sog‘ligini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishsiz taksilar uch tildagi (o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi) “xavfsiz taksi” maxsus belgisi bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda yo‘nalishsiz taksilarning quyidagi:

  • haydovchining niqobda bo‘lishi;
  • kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;
  • avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
  • avtoulov salonining tozaligi va dezinfeksiyadan o‘tganligi kabi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi!