🏆 Bugun 27-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida talaba-yoshlarning bilim va iqtidorlarini, innovatsion loyihalari hamda ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi iste’dodlar – 2022” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘z ishini boshladi.
📝 Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi boshchiligida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.
⚖️ Ko‘rik-tanlov quyidagi 9 ta nominatsiya bo‘yicha tashkil etildi:
✅ Eng yaxshi rang tasvir va amaliy san’at asari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va o‘ymakorlik);
✅ Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket;
✅ Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash, qayta tiklash loyihasi va kompozitsiya;
✅ Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni;
✅ Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari;
✅ Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;
✅ Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha;
✅ Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;
✅ Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar.
⚡️Tanlovda ushbu nominatsiyalar bo‘yicha 250 dan ortiq talaba o‘zining loyiha va ishlanmalari bilan qatnashib, g‘oliblik uchun bellashishadi.