✔️Unda Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davron Adilov, viloyat hokimligi mutasaddilari, loyihachi va qurilish pudrat tashkilotlari, Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarining sektor rahbarlari ishtirok etishdi.
❗️Ma’lum bo’lishicha, Davlatobod tumanining “Yuksalish” va “Orzu” mahallalari, Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Yettikon”, “Ibrat” hamda “Parasmon” mahallalari hududining 1 203 gektar maydoniga qurilayotgan Yangi Namangan shaharchasi qurilishi uch bosqichda amalga oshirilmoqda:
▶️2018-2021-yillardagi 1-bosqich bunyodkorligi davomida Yuksalish massivida 330 gektar maydonda “Yoshlar”, “Yuksalish” va “Kushon” kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Shuningdek, 2 764 ta xonadonli 71 ta koʻp qavatli uy qurilgan. Hozirgi kunda 648 ta xonadonli 11 ta 9 va 16 qavatli uylar barpo etilmoqda.
🟢2022-2024-yillarga moʻljallangan 2-bosqichda 272 gektar boʻsh yer madonida 19,8 ming xonadonli 16-24 qavatli, 171 ta turar-joy, 10 ta umumtaʼlim maktabi, 7 ta bolalar bogʻchasi, toʻyxona, masjid, shifoxona, kutubxona, biznes markazi va oʻnlab savdo hamda xizmat koʻrsatish obyektlari quriladi.
🔴2024-2026-yillarda amalga oshiriladigan 3-bosqichda Toʻraqoʻrgʻon tumanidan Davlatobod tumaniga 315 gektari oʻzlashtirilib, jami 615,0 gektar yer maydonida koʻp qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari va ofis binolari barpo etiladi. Shuningdek, 68,0 gektar yer maydonida “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” tashkil etiladi. Markaz hududidagi umumiy 721 ta turar-joy obyektlarida jami 50 mingdan ortiq xonadonlar, 28 ta oʻrta maktab, 24 ta bolalar bogʻchasi, 5 ta shifoxona obyektlari barpo etilib, kelgusida 200,0 mingdan ortiq aholi yashashi uchun qulay shaharchaga aylantiriladi.